Xalqaro Turon federatsiyasi rivojlanishning navbatdagi bosqichini boshladi
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida 2025 yilda vatandoshimiz Farrux Niyazimbetov tomonidan tashkil etilgan Xalqaro Turon federatsiyasi bugun yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda.
Bugungi kunda International Turon Federation – Xalqaro Turon federatsiyasi faoliyatni kengaytirish va o‘zbek milliy yakkakurashni jahon sport maydonidagi mavqeini tobora mustahkamlamoqda.
O‘tgan davr mobaynida federatsiya tomonidan zarur tashkiliy baza shakllantirildi. Bu esa milliy sport tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikning barqaror modelini yaratish va ishtirok etish geografiyasini amalda kengaytirishga kirishish imkonini berdi.

Hozirgi kunda Xalqaro Turon federatsiyasi tarkibiga Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining milliy assotsiatsiyalari kiradi. Turon AQSH, Kanada, Meksika, Kosta-Rika, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Turkiya va Yaponiyada rivojlangan. Shuningdek, Yangi Zelandiya va Misrda milliy tuzilmalar yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Lotin Amerikasi mamlakatlarida Turon yakkakurashini rivojlantirish alohida faoliyat yo‘nalishi bo‘ldi. Boliviyada milliy federatsiya davlat sport organlari bilan hamkorlik qiladi. Bu ushbu yakkakurash turining rasmiy maqomi va belgilangan sport standartlariga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Yevropada ushbu yakkakurash turini rivojlantirish bo‘yicha boshqaruv organi vazifasini bajaruvchi British Turon Association tashkilotining tashkil etilishi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Turon faol xalqaro kengayishiga qaramay, o‘zining tarixiy va ma’naviy vatani sifatida O‘zbekiston bilan mustahkam aloqani saqlab qolmoqda. Uning o‘zbek milliy an’analariga asoslangan falsafasi, qadriyatlari va axloqiy tamoyillari federatsiyaning xalqaro va milliy tuzilmalari orqali izchil targ‘ib qilinmoqda.
Otabek Eshmamatov,
Xalqaro Turon federatsiyasi matbuot kotibi