Xalqaro turnir boshlandi
Qarshi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan xalqaro turnir boshlandi.
Qarshi shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan xalqaro turnir boshlandi.Musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Xitoy Taypeyi, Bosniya va Gersegovina, Buyuk Britaniya, Belgiya, Bolgariya, Slovakiya, Serbiya, Ukraina, Fransiya, Xorvatiya, Hindiston, Qozog‘iston, Chexiya va Gruziyadan yuzdan ortiq tennischi ishtirok etmoqda.
Jo‘rabek Karimov, Shonig‘matjon Shofayziyev, Sanjar Fayziyev, Temur Ismoilov, Saida’lo Saidkarimov, Humoyun Sultonov, Pavel Soy, Nigina Abduraimova, Go‘zal Yusupova, Shahnoza Hotamova, Arina Fols kabi mahoratli sportchilarimiz turnirni asosiy to‘r bahslaridan boshlaydi.