Xalqaro press-klub Gulistonda
Guliston shahrida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi oʻz ishini boshladi.
Guliston shahrida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi oʻz ishini boshladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilayotgan sessiya yigʻilishi “Sardoba-2020: Sinov, birdamlik, mehnat, sifat“ deb nomlangan.
Sessiya bugungi kunda hech bir yurtdoshimizni befarq qoldirmagan masala — Sardoba suv omborida yuz bergan toshqin oqibatida zarar koʻrgan yurtdoshlarimiz boshiga tushgan tashvishlarni aritish borasida qilinayotgan ishlarni tahlil qilish maqsad qilingan. Shu bilan birga sessiya davomida ayni chora-tadbirlar bilan bogʻliq keng qamrovli masalalar diqqat markazida boʻladi.
Sessiyaning birinchi qismida Suv xoʻjaligi, Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari masʼul vakillari ishtirok etmoqda. Ular oʻz yoʻnalishlari boʻyicha klub aʼzolari va koʻrsatuvga taklif etilgan boshqa mutaxassislar, OAV vakillari savollariga javob bermoqda.