Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritdi
26-31 iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Yosh matematiklar musobaqasida 30 ta davlatdan 576 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi 8 nafar iqtidorli yoshlardan iborat bo‘lib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.


Shuningdek, ixtiyoriy ravishda ota-onasi va ustozlarining tashabbusi bilan ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan 10 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etdi va taqdirlandi.
N.Usmonova,
O‘zA