Xalq va armiya – bir tanu bir jondir
Davlatimiz rahbarining joriy yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida O’zLiDeP Jizzax viloyati kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan joylarda mamlakatimiz Mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Jizzax harbiy garnizoni madaniyat saroyida “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati F.Nigmatova, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, O’zLiDeP Jizzax viloyati kengashi raisi o‘rinbosari F.Odilov, partiya faollari, “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari, harbiy qism ofitser, serjant va askarlari hamda markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

– Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, mamlakatimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy jangovar qudratini oshirish va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!” tamoyilini ro‘yobga chiqarish siz va bizning asosiy maqsadimizdir va ana shu “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” ezgu g‘oya, yagona maqsad yo‘lida hamjihatlikda xizmat qilmog‘imiz ham qarz, ham farzdir, – dedi O’zLiDeP Jizzax viloyati kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Sirojiddin Axmatov.
O‘z navbatida harbiylar ham so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda zobit va askarlarimizning o‘z xizmat vazifalarini o‘tash uchun yaratilayotgan sharoitlar, harbiy tayyorgarlik haqida so‘z yuritib, Vatan himoyasi ishonchli qo‘llarda ekanligini, armiyamiz har doim xalqimizga tayanishini ta’kidlab o‘tdi.
A.QAYUMOV, O‘zA