Xalq va armiya – bir tanu bir jon!
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda milliy armiyamizni zamon talablari darajasida modernizatsiyalash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Armiya va xalqning faol hamkorligi natijasida Qurolli Kuchlarimiz tom ma’noda jamiyatning ajralmas qismiga, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining ishonchli kafolatiga, yoshlarni yurtparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylanib bormoqda.
[gallery-15421]
Tadbirda yoshlarning Vatan oldidagi mas’uliyatini tobora kuchaytirish, faol hayotiy pozitsiya va qat’iy e’tiqodini shakllantirish bilan bog‘liq ma’ruzalar tinglandi.
Milliy madaniy markazlar tomonidan taqdim etilgan badiiy-musiqiy dastur tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
N.Usmonova,
N.Haydarov (surat),
O‘zA