“Xalq uchun” operasi bilan yangi mavsum ochildi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining 101-yangi ijodiy mavsumi ochildi.
Tantanali marosimda teatr direktori P.Mamutov va boshqalar so‘zga chiqib, jamoani hamda tomoshabinlarni 101-mavsum ochilishi bilan tabrikladi va yangi mavsumda ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, madaniyat va san’at namoyandalari, el ardog‘idagi nuroniylar ham ezgu tilaklarini bildirib, teatrning ko‘p yillik faoliyatiga yuksak baho berdi. Yangi mavsum jamoaga omad va muvaffaqiyat olib kelishini tiladi.
Mavsumning ochilishi munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etilib, ishtirokchilarga “Xalq uchun” operasi namoyish qilindi.
Yangi mavsum teatr jamoasi uchun yangi ijodiy izlanishlar, yangi spektakllar va tomoshabinlar uchun yangi ma’naviy ozuqa davri bo‘lishi shubhasiz.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri