“World Boxing Cup”: Bokschilarimizning ilk raqiblari aniq bo‘ldi
Braziliyaning Fos du Iguasu shahri 20-26-aprel kunlari "World Boxing" tashkiloti kubogining birinchi bosqichiga mezbonlik qiladi. Unda dunyoning 47 ta mamlakatidan 342 nafar bokschi o‘zaro raqobatlashadi.
Nufuzli musobaqada Elshod Rasulov qo‘l ostidagi O‘zbekiston terma jamoasining to‘rt nafar bokschisi ishtirok etadi. Jahon kubogiga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, bokschilarimiz ilk raqiblarini bilib oldi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, to‘rt bokschimizning barchasi reytingi yuqori bo‘lgani uchun o‘z ishtiroklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichda boshlaydi.

Bokschilarimizning raqiblari bilan tanishing:
+90 kg. Jahongir Zokirov — Florin Ionita (Ruminiya)/Ahmed Hagag (Avstriya)
-48 kg. Farzona Fozilova — Hafsi (Tunis)/Fahir (Marokash)
-51 kg. Feruza Kazakova — Radiya Gama (Braziliya)/Maksi Kloze (Germaniya)
-65 kg. Navbahor Hamidova — Anna Jenni (Shveysariya)/Mena Yuli (Venesuela)
Ma’lumot uchun, “World Boxing” tashkiloti kubogining ikkinchi bosqichi Xitoyda 15-20-iyun kunlari o‘tkaziladi. Uchinchi, ya’ni final bosqichi Toshkent shahrida 25-noyabr sanasidan 2-dekabr kunigacha bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA