WAM: Nyu-Yorkda Tramp va arab-musulmon mamlakatlari yetakchilari uchrashdi
BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasi doirasida AQSH Prezidenti Donald Tramp arab va musulmon mamlakatlari rahbarlari hamda tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon, Iordaniya qiroli Abdulla II, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Suriya Prezidenti Ahmad Ash-Shara’, shuningdek Kuvayt, Iroq, Livan, Misr, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va O‘mon vakillari ishtirok etdi.
Muzokara davomida Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar global va mintaqaviy tahdidga qarshi kurashishda ko‘p tomonlama xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Xususan, Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon Trampning Yaqin Sharqdagi keskinlikni yumshatish va tinchlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatini yuqori baholadi. Shuningdek, BAA tomonidan mintaqada mustahkam tinchlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishini bildirib, AQSH bilan strategik munosabat mustahkam ishonch hamda o‘zaro manfaatga asoslanganini alohida qayd etdi.
F. Yaxshiboyeva, O‘zA