Voleybolchi qizlarimiz Filippinda
Shu kunlarda Filippinning Kandon shahrida Osiyo voleybol konfederatsiyasi taqvim rejasiga binoan o‘tkazilayotgan “AVC Women’s Volleyball Cup – 2026” musobaqasida qit’aning 12 ta milliy terma jamoasi “A” va “B” guruhlariga taqsimlangan holda bahs olib bormoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Janubiy Koreya, Xitoy Taypeyi, Avstraliya, Filippin, Qirg‘iziston jamoalari bilan kuch sinashishi belgilangan bo‘lsa, “B” guruhida Qozog‘iston, Vetnam, Indoneziya, Gongkong, Eron, Livan jamoalari joy olgan.

Bugun, 9-iyun kuni “AVC Women’s Volleyball Cup – 2026” musobaqasining navbatdagi kunida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari Xitoy Taypeyi vakillari bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan o‘yinda Xitoy taypeylik voleybolchi qizlar 25: 17, 25:13 va 25:19 hisobida ustunlikka erishdi.
Endi voleybolchi qizlarimiz ertaga, 10-iyun kuni chempionatning guruh bosqichidagi navbatdagi bahsda Qirg‘iziston jamoasi bilan bahs olib boradi.
Chempionat o‘yinlari 15-iyunga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA