Voleybol. Finalda Fransiya va Rossiya
Tokio-2020
Tokioda davom etayotgan Olimpiada musobaqasining sport o‘yinlari hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun erta futbol, voleybol, basketbol va boshqa sport o‘yinlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
Voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan yarim final bahslarida 2012 yilgi olimpiada finalchilari Rossiya va Braziliya termalari o‘zaro kuch sinashishdi. Bundan taxminan o‘n yillar avvalgi bellashuvda rossiyaliklar g‘olib chiqib, olimpiada g‘olibi bo‘lishgandi. Bu yil esa raqiblar yarim finalda o‘zaro to‘qnash kelishdi. O‘yin rossiyaliklarning to‘la ustunligida o‘tdi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi.
Ikkinchi juftlikda Fransiya va Argentina termalari o‘zaro kuch sinashishdi. Olimpiada tarixida atigi bir marotaba bronza medalga sazovor bo‘lgan (1988 yil) argentinaliklar hali biron marta ham sovrinni qo‘lga kiritmagan fransuzlarga imkoniyatni boy berishdi.
Shu tariqa musobaqaning hal qiluvchi bahsida Rossiya Fransiya bilan, uchinchi o‘rin uchun esa Braziliya va Argentina terma jamoalari bahs yuritishadi.
Yarim final. 5 avgust
Rossiya – Braziliya - 3:1
Fransiya – Argentina - 3:0
3-o‘rin uchun. 7 avgust
Braziliya– Argentina
Final. 7 avgust.
Fransiya - Rossiya.
Oybek YUNUSOV, O‘zA