Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Telefon muloqoti chog‘ida Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni davlat rahbari saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan qizg‘in tabrikladi”, – deyiladi Kreml xabarida.
Tomonlar Rossiya – O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining barcha sohalarini har tomonlama rivojlantirishda qat’iy ekanini tasdiqlagan.
Rossiya yetakchisi, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevga tabrik telegrammasi yuborgan.
O‘zA