Vlada Yekshibarova Ispaniyada chempion bo‘lmoqchi
Ispaniyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan W15 tasnifidagi turnirda hamyurtimiz Vlada Yekshibarova juftlik bahslarining final bosqichiga yo‘l oldi.
Tennischimiz yakkalik bahslaridagi omadsizlikdan so‘ng, belgiyalik Klara Vlasselar bilan tandem hosil qildi. Dastlab, Vlada va Klara neytral tennischi Yevgeniya Burdina va avstraliyalik Ella Simmons juftligini 6:4, 6:3, chorak finalda ispaniyalik opa-singillar Anna va Mariya Martinezlarni 6:4, 6:4, yarim finalda italiyalik Soniya Kassani va ispaniyalik Paola Ortegani 6:4, 6:3 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Vlada Yekshibarova va Klara Vlasselar dueti musobaqa bosh sovrini uchun o‘tadigan bellashuvda niderlandiyalik Joy De Zeuv va slovakiyalik Viktoriya Morvayova bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA