Venesuelada kuchli zilzila yuz berdi (+video)
Chorshanba kuni kechqurun Venesuelada ketma-ket 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatida binolar vayron bo‘ldi, elektr ta’minoti uzildi va aholi orasida sarosima yuzaga keldi, deb xabar berdi Euronews nashri
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 32 kishi halok bo‘lgan, 700 ga yaqin odam jarohat olgan. Rasmiylar qurbonlar va jabrlanganlar soni yana ortishi mumkinligini bildirmoqda.
Prezident vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges zilzilalar mamlakatning bir nechta shtatlariga jiddiy zarar yetkazganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning asosiy havo darvozasi bo‘lgan xalqaro aeroport jiddiy shikastlangani sababli vaqtincha yopilgan.
Shuningdek, qutqaruv ishlariga e’tibor qaratish maqsadida maktablarda darslar bir necha kunga to‘xtatildi. Ayrim hududlardagi maktablar vaqtinchalik boshpana va gumanitar yordam markazlari sifatida foydalaniladi.
Rodriges aholini xotirjamlik saqlashga chaqirib, barcha tibbiyot xodimlarini jabrlanganlarga yordam berish uchun shifoxonalarga kelishga da’vat qildi.
AQSH prezidenti Donald Tramp esa zarur bo‘lsa Venesuelaga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Bu zilzilalar Venesuelada so‘nggi yuz yildan ortiq vaqt ichida qayd etilgan eng kuchli tabiiy ofatlardan biri sifatida baholanmoqda.
Hukumat mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi. Karakas metrosi va tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan. Fuqarolardan barcha zararlar haqida maxsus davlat ilovasi orqali xabar berish so‘ralmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9BsapdA8wsk" title="Venesuelada kuchli zilzila yuz berdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Salim Obidjonov, O‘zA