Venesuelada elektr uzilishiga Tramp aybdormi?
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro AQSh rahbari Donald Trampni mamlakatning elektr tarmog‘iga uyushtirilgan hujumga javobgarlikda ayblamoqda.
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro AQSh rahbari Donald Trampni mamlakatning elektr tarmog‘iga uyushtirilgan hujumga javobgarlikda ayblamoqda.
”Venesuela elektr tizimiga uyushtirilgan kiber hujumda asosiy javobgar — Donald Tramp. U Venesuelaga nisbatan barcha choralar qo‘llanilishi haqida ogohlantirgan edi. Uning Venesueladagi qo‘g‘irchoq va masxarabozlari, atrofidagi ig‘vogarlari ham buni ma’qullamoqda. Mana shu choralardan biri, bu – elektr urushi, kibernetik hujumdir. Venesuelaga nisbatan kibernetik yuqori texnologiyali hujum — faqatgina AQSh hukumatiga taalluqli bo‘lgan texnologiya bilan uyushtirildi”, degan Maduro xalqqa murojaatida.
Elektr yo‘qligi sababli 12-13 mart kunlari Venesuelada maktablarda ta’lim jarayoni va ish kuni bekor qilindi. Bu haqda Nikolas Maduro Twitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Hukumat 8 va 11 martda ham ish kunlarini ham bekor qilgan edi.
Mamlakatning Karakas shahri va yigirmadan ziyod shtati elektr ta’minotidan uzilib qoldi. Bu mamlakat tarixidagi eng uzoq elektrsiz davrdir.
Venesuela Milliy elektr kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, energetikadagi inqiroz 7 mart kuni mamlakatning eng yirik Simon Bolivar nomidagi GESdagi avariya sababli boshlangan.