Velosportchilarimiz bahsi qizg‘in o‘tmoqda
Jizzax viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat kursatgan murabbiy B.Mo‘minov xotirasiga bag‘ishlangan Respublika turnirida ilk g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Musobaqaning birinchi kunida erkaklar o‘rtasidagi 51 km. masofaga o‘tgan guruh poygasida Dmitriy Bocharov, ushbu yo‘nalishdagi poygalarda Begzod Nurmatov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ayollar va yoshlar o‘rtasidagi 24 km. masofaga o‘tgan guruh poygasida Madina Qahhorova hamda Samira Ismoilova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shuningdek, turnirda quyidagi yo‘nalishlarda poygalar o‘tkaziladi:
Erkaklar va yoshlar - 102 km. masofaga guruh poygasi (6 aylana);
Ayollar va yosh qizlar - 60 km. masofaga guruh poygasi (4 aylana).
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA