Velosportchilar trek yo‘nalishida O‘zbekiston chempionligi uchun raqobatlashmoqda
Chempionatning birinchi kunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi kuni doirasida 1000 metr masofaga o‘tkazilgan navbatdagi individual vaqt poygasida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Toshkent-2 jamoasi vakili Danil Fyodorov 1:09.29 natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Yana bir Toshkent-2 vakili Adilbek Alambergenov 1:09.31 natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Sirdaryo viloyati sportchisi Fazliddin Ergashev 1:09.45 natija bilan kuchli uchlikdan joy oldi.
Ayollar o‘rtasida Toshkent-2 jamoasi vakili Alina Baxcheyeva 1:20.27 natija bilan g‘olib bo‘ldi. Toshkent-1 jamoasi a’zosi Madina Davronova 1:22.65 natija bilan ikkinchi, Toshkent-2 vakili Anastasiya Safonova 1:23.68 natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, chempionatning birinchi kunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA