Velopoygada dastlabki g‘oliblar ma’lum bo‘ldi
Kuni kecha Toshkent viloyatida velosport-shosse bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati musobaqasi start oldi.
Kuni kecha Toshkent viloyatida velosport-shosse bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati musobaqasi start oldi.Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etishmoqda. Ular orasida bir qator O‘zbekiston chempionlari va halqaro musobaqalar sovrindorlari ham bor.
Musubaqaning dastlabki kunida 26 km.dan tashkil topgan yakkalik bahsda Dilmurod Siddiqov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. 2- va 3-o‘rinlarni esa, Danil Evdokimov hamda Andrey Izmailov egalladilar.
Musobaqa 14-aprel kuniga qadar davom etadi.