Vatanparvarlik va maʼnaviy immunitetni mustahkamlaşga qaratilgan tadbirlar ötkazildi
Bugungi globallaşuv va axborot xurujlari kuçayib borayotgan davrda yoş avlodni milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat, mustaqil fikrlaş va yuksak maʼnaviy fazilatlar ruhida tarbiyalaş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu maʼnoda, mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni mustahkamlaş, jamiyatda kitobxonlik, ilm-maʼrifat va milliy özlikni anglaş ğoyalarini keng tarğib etişga qaratilgan taşabbuslar izçil davom etmoqda.
Davlat rahbari ilgari surayotgan maʼnaviy taraqqiyot, maʼrifatli jamiyatni şakllantiriş va yoşlarni zamonaviy bilimlar bilan birga mustahkam hayotiy qaraşlar asosida tarbiyalaşga qaratilgan ustuvor vazifalar Buxoro viloyatida ötkazilgan “Maʼrifat haftaligi” tadbirlarida ham öz ifodasini topdi.
Haftalik doirasida Buxoro davlat universitetida “Uyğoq idrok” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuv taşkil etildi. Unda “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Şermuxammedova, Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi bölim boşliği Farhod Qobilov, falsafa fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Maftuna Namozova, Din işlari böyiça qömita masʼul xodimi Jahongir Meliqöziyevlar va boşqalar iştirok etişdi.
Muloqotda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, diniy bağrikenglik, axborot madaniyati, internetdan oqilona foydalaniş, yoşlarni turli yot ğoyalar va zararli axborot taʼsiridan himoya qiliş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Ayniqsa, axborot makonida har qanday maʼlumotni tahlil qiliş, voqea-hodisalarga tanqidiy yondaşiş, mustaqil fikrga ega böliş va mafkuraviy immunitetni mustahkamlaş zarurligi taʼkidlandi.
Şuningdek, oçiq muloqot davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olişdi. Zero, bugungi yoşlar nafaqat axborot isteʼmolçisi, balki uni tahlil qila oladigan, haqiqatni anglaydigan va öz mustaqil pozitsiyasiga ega şaxs bölib kamol topişi lozim.

Haftalik tadbirlari taʼlim muassasalari bilan bir qatorda, aholi va turli soha vakillarini ham qamrab olmoqda. Jumladan, Buxoro şahrida Milliy gvardiya xodimlari iştirokida “Özbekiston — özimizniki!” şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Unda Vatanga sadoqat, milliy özlikni anglaş, yurt tinçligi va osoyiştaligini asraş, milliy qadriyatlarga hurmat hamda mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissi xususida söz yuritildi. Özbekiston barçamiz uçun umumiy uy, uning mustaqilligi, tinçligi va ravnaqi esa har bir fuqaroning masʼuliyati ekani alohida qayd etildi.
Buxoro şahridagi muddatli harbiy xizmatçilar uçun taşkil etilgan “Maʼrifat soati” loyihasi ham haftalikning mazmunan muhim tadbirlaridan biri böldi. Unda 150 nafardan ziyod harbiy xizmatçi iştirok etib, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar, yurt osoyiştaligini taʼminlaş va harbiy burçga sadoqat mavzularida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida Vatan va jasoratni tarannum etuvçi kuy-qöşiqlar yangradi, ona yurt haqida şeʼrlar öqildi. Badiiy çiqişlar harbiy xizmatçilarga kötarinki kayfiyat bağişlaş bilan birga, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini yanada mustahkamlaşga qaratildi.

Şuningdek, Asman universitetida talaba-yoşlar, professor-öqituvçilar va yoşlar yetakçilari iştirokida “Maʼrifat soati” loyihasi taşkil etildi. Unda yoş avlodning dunyoqaraşini kengaytiriş, maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlaş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptiriş, zamonaviy bilim va tafakkurni rivojlantiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Oçiq muloqot va savol-javoblar jarayonida internetdan oqilona foydalaniş, axborot xurujlariga qarşi ongli munosabatni şakllantiriş, yoşlarning mustaqil fikrlaşi va maʼnaviy immunitetini kuçaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Uşbu tadbirlarning mazmun-mohiyatiga nazar taşlasak, ularni birlaştirib turgan asosiy ğoya — maʼrifat orqali inson tafakkurini yuksaltiriş, Vatanga daxldorlik tuyğusini kuçaytiriş va jamiyatda soğlom maʼnaviy muhitni qaror toptirişdan iborat.

Zero, Vatan himoyasi faqat sarhadlarni qöriqlaş yoki harbiy burçni ado etiş bilangina çeklanmaydi. U yurt taqdiriga befarq bölmaslik, milliy qadriyatlarni asraş, ilm oliş, halol mehnat qiliş va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşişda ham namoyon böladi. Bunday fazilatlarning asosi esa, avvalo, maʼrifat va yuksak tafakkurdir.
Buxoroda ötkazilgan “Maʼrifat haftaligi” doirasidagi uçraşuv va muloqotlar ana şu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, maʼrifat ğoyasining taʼlim muassasalari, harbiy jamoalar va keng jamoatçilik örtasida keng tarğib etilişi yoşlarning hayotiy qaraşlarini boyitiş, ularda fuqarolik masʼuliyati va Vatan taqdiriga daxldorlik hissini mustahkamlaş uçun muhim maʼnaviy maydon yaratmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri