“Vatanparvar” tashkilotida o‘ziga xos uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Markaziy kengashida rahbarlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv tashkilotning birinchi raisi, iste’fodagi general-mayor Jamshir Shoxmardonov va amaldagi rahbar polkovnik Husan Botirov o‘rtasida kechdi.
Jamshir Shoxmardonov 30 yil avval "Vatanparvar" tashkilotining tashkil etilishi va uning dastlabki faoliyati haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Husan Botirov esa hozirda tashkilot tomonidan harbiy vatanparvarlik, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish hamda ommaviy texnik kasb mutaxassislarini tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar, ushbu yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilgan tizimlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Jamshir Shoxmardonov bu ishlardan mamnunligini aytib, mehnat jamoasiga oq yo‘l tiladi.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA