Vatan ravnaqiga munosib hissa – yuksak e’tirof
FOTOREPORTAJ
Istiqlolimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda fidokorona mehnat qilib kelayotgan yurtdoshlarimizni munosib rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Termiz shahar hokimligida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda shaharning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va jamoat hayotida faol ishtirok etib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh termizliklarga “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
[gallery-31127]
Tadbirda mamlakatimiz mustaqilligi yillarida inson qadrini ulug‘lash, aholi huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy salohiyatni yuksaltirish, ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Marosimda taqdirlanganlarning o‘z sohalaridagi samarali mehnati, shahar va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Ularga yuksak mukofotlar topshirilib, samimiy tabriklar bildirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA