Vatan ravnaqiga munosib hissa – yuksak e’tirof
O‘zbekiston Respublikasit mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va fidoyi insonlarni munosib rag‘batlantirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar keng quloch yoymoqda.
Ana shunday tantanali tadbirlardan biri Farg‘ona viloyati hokimligida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va jamoat hayotida faol ishtirok etib, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh farg‘onaliklarga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ va bebaho ne’mati. Uning sharofati bilan mamlakatimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy salohiyatni yuksaltirish, ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’atni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tantanali marosimda ana shunday yurtdoshlarimizning mehnati yuksak qadrlanayotgani alohida qayd etildi. Ularga ko‘krak nishonlari topshirilib, samimiy tabriklar bildirildi.
Zero, mustaqillikning qadri uni asrash, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish va kelajak avlod uchun yanada farovon, tinch va taraqqiy etgan O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi amaliy ishlar bilan namoyon bo‘ladi.
Farg‘onaliklarning bugungi yutuqlari, fidokorona mehnati va bunyodkorlik intilishlari esa ana shu ezgu maqsadlarga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
[photobank-Foto ID: 457221]
<iframe width="1493" height="840" src="https://www.youtube.com/embed/p6bugwiaJpU" title="Vatan ravnaqiga munosib hissa — yuksak e’tirof" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video),
Muqimjon Qodirov( surat),
O‘zA