Varshava 20 ta raketa qurilmalarini oladi
Polsha oʻz hududida AQSHdan olib kelinuvchi raketaga qarshi tizim qurilmalarini oʻrnatish uchun 414 million dollar mablagʻ sarflaydi, deb maʼlumot berdi Polsha mudofaa vaziri Mariush Blaщak.
Polsha oʻz hududida AQSHdan olib kelinuvchi raketaga qarshi tizim qurilmalarini oʻrnatish uchun 414 million dollar mablagʻ sarflaydi, deb maʼlumot berdi Polsha mudofaa vaziri Mariush Blaщak.
Bu mablagʻga Varshava 20 ta HIMARS turkumidagi 300 kilometrga moʻljallangan raketa qurilmalarini oladi. AQSH hukumati bilan bu boradagi kelishuv chorshanba kuni imzolanadi. Avvalroq AQSH davlat departamenti Polshaga 655 millionlik raketa qurilmalarini yetkazib berishni tasdiqlagandi.