Valyutafurush ayol "qo‘lga tushdi"
Bu haqda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi ofitseri katta leytenant Murodjon Rahmatullayev O‘zAga ma’lum qildi.
Departamentning Peshko‘ tumani bo‘limi, Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkaziladi. Tadbir davomida joriy yil 16 avgust kuni fuqaro A.G. G‘ijduvon tuman markaziy dehqon bozori kirish darvozasi oldida valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish va o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanadi. Natijada shu kuni fuqaro D.S.ga qonunga xilof ravishda har bir AQSH dollarini 10 ming 650 so‘mdan va har bir Rossiya rublini 140 so‘mdan hisoblab, 600 AQSH dollari va 140 ming rublni jami 25 million 990 ming so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan, Departamentning Peshko‘ tuman bo‘limi tomonidan fuqaro A.G. ga nisbatan O‘z.Res.JKning 177-m. 2-q. bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Zarif Komilov, UzA