Uzunda zakovatchilar Navoiy asarlaridan bellashdi
Surxondaryo viloyatida buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati, uchrashuv va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Sana munosabati bilan Uzun tumanida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida ham tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari, chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va ikkinchi politexnikum talabalari ulug‘ mutafakkirga chuqur ehtirom ko‘rsatib, bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdi.


Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan bellashuv yakunida DXX chegara qo‘shinlari harbiy qismining “Temuriylar” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin tuman tibbiyot birlashmasining “Ibn Sino” jamoasiga, uchinchi o‘rin DXX chegara qo‘shinlari harbiy qismining “Manguberdi izdoshlari” jamoasiga nasib etdi.


G‘oliblar intellektual o‘yin tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri