Uzumzorlar bag‘ridagi fayzli maskan
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Yangi ro‘zg‘or mahallasi uzumzorlari, obod xonadonlari va mehnatsevar aholisi bilan ajralib turadi.
Mahallada xonadonlar atrofini bezab turgan uzumzorlar o‘ziga xos manzara yaratgan. Devor va ayvonlarni qoplab, voish usulida parvarishlanayotgan toklar yoz faslida ko‘chalarga yashil tarovat bag‘ishlaydi.
Bu yerda uzum yetishtirish ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan mehnat an’analaridan biri. Xonadon egalari tomorqadan unumli foydalanib, uzumchilik, dehqonchilik va uy sharoitidagi tadbirkorlik orqali oilaviy daromadini oshirmoqda.
[gallery-30820]
Kimdir yetishtirgan uzumini bozorga chiqarsa, yana kimdir xonadonida kichik tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Xonadonlardagi bunday mehnat va tashabbus mahallaning iqtisodiy faolligiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Yashil uzumzorlar orasida qad rostlagan sarishta xonadonlar, obod ko‘chalar va ko‘rkam hovlilar Yangi ro‘zg‘orning o‘ziga xos qiyofasini namoyon etadi.
Mahalladagi bugungi obodlik va farovonlik, avvalo, aholining halol mehnati, tomorqadan samarali foydalanishi va tadbirkorlikka intilishi samarasidir.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA