“UZGEO CLUB” jamoasi "Pro-Tur-3" da muvaffaqiyatga erishdi
Poytaxtimizda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan yuqori saviyada tashkil etilgan professional klublar o‘rtasidagi "Pro-Tur-3" musobaqasi mahoratli raketka ustalarini aniqlash bilan birga, mamlakatimizda yangidan tashkil etilgan sport klublarining salohiyati qay darajada ekanligini ham ko‘rsatib berdi.
Joriy yilning 3-mart kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ qoshida tashkil etilgan “UZGEO CLUB” jamoasi qisqa fursatda mahoratli tennischilarni jamlagan jamoa ekanligini o‘yinlar davomida namoyish etdi.
Mahalliy va xorijiy sportchilar o‘rtasida murosasiz bahslarga boy bo‘lgan o‘yinlar davomida “UZGEO CLUB” saralash va yarim final uchrashuvlarida raqiblariga munosib qarshilik ko‘rsatdi va turnirda faxrli 3-o‘rinni egallaganligi e’tiborli bo‘ldi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA