UZCARD maktab o‘quvchilarini moliyaviy savodxonlik va UZCARD Kids imkoniyatlari bilan tanishtirmoqda
16 oktabr kuni UZCARD Ipoteka Bank bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktab o‘quvchilari uchun bir qator ta’lim tashabbuslarini boshladi. Birinchi mashg‘ulot 50-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilib, moliyaviy savodxonlik va kiberxavfsizlik asoslariga hamda bolalikdan pulga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga bag‘ishlandi.
Tashabbus bolalar va o‘smirlarning moliyaviy hamda raqamli savodxonligini oshirishga, shuningdek, maktab o‘quvchilarini shaxsiy mablag‘larini mustaqil boshqarishda ilk qadamlarni qo‘yishga yordam beradigan UZCARD Kids kartasi imkoniyatlari bilan tanishtirishga qaratilgan.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar pul bilan muomala qilishning asosiy tamoyillari bilan tanishdilar, xarajatlarni rejalashtirishning ahamiyatini muhokama qildilar va zamonaviy to‘lov vositalaridan xavfsiz foydalanishni o‘rgandilar. Raqamli xavfsizlik qoidalariga — shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda ehtiyotkor bo‘lish va internetdagi ehtimoliy tahdidlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.

«Biz moliyaviy savodxonlik nafaqat nazariya, balki amaliyot — bolalar uchun tushunarli vaziyatlar, savollar va interaktiv uchrashuvlar orqali ham shakllanishiga ishonamiz. Bola yoshligidan pulga ongli munosabatda bo‘lishni, puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilishni va raqamli xavfsizlik qoidalariga rioya etishni o‘rganishi muhim. Bunday ta’lim tashabbuslari va UZCARD Kids yordamida moliyaviy mustaqillik sari ilk qadamlarni bolalarga eng kichik yoshdan boshlab tushunarli va qulay qilishga intilamiz», — deya ta’kidladi UZCARD vakili.

Maktab dasturi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 64-, 142- va 225-sonli umumta’lim maktablarida davom etadi. Uchrashuvlar turkumi UZCARDning yosh avlod orasida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish va bolalikdan foydali moliyaviy odatlarni shakllantirish borasidagi izchil faoliyatining bir qismiga aylanadi.
Ta’lim mashg‘ulotlari kompaniyaning bolalarni amaliy tajriba orqali moliyaviy vositalar bilan tanishtirishga qaratilgan boshqa tashabbuslarini to‘ldiradi. Jumladan, 2026-yil 1 oktabrdan 1-noyabrgacha Toshkent hayvonot bog‘ida Toshkent hayvonot bog‘i va ATTO bilan hamkorlikda tashkil etilgan UZCARD dam olish kunlari oyligi o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar istalgan bankning UZCARD Kids kartasi bilan chipta uchun to‘lov qilganda hayvonot bog‘iga bepul kirishlari, boshqa UZCARD kartasi bilan to‘lov qilganda esa bolalar chiptasiga 40% chegirma olishlari mumkin.

Dam olish kunlari yosh tashrif buyuruvchilarni o‘yinlar va ta’limiy mashg‘ulotlar, jumladan, akvagrim, mahorat darslari va filni bepul oziqlantirish imkoniyati kutmoqda. Bundan tashqari, UZCARD Kids kartasi bilan chipta haqini mustaqil to‘lash imkoniyati bolalarga naqd pulsiz to‘lovlar bilan amalda tanishish va moliyaviy mustaqillik sari yana bir qadam qo‘yishga yordam beradi.
UZCARD bolalar va o‘smirlarga moliyaviy savodxonlik asoslarini odatiy va tushunarli shaklda o‘zlashtirishga yordam beradigan ta’limiy va amaliy tashabbuslarni rivojlantirishda davom etmoqda. Kompaniya o‘z mablag‘larini mas’uliyat bilan boshqara oladigan va raqamli muhitda ishonch bilan harakat qiladigan avlodni shakllantirishga hissa qo‘shishga intiladi.
UZCARD. Qulay yashang.