Utepbergenov Allambergen Omirbayevichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Transport sohasida xizmatlar samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari (O‘zbekiston temir yo‘llari AJ misolida)» mavzusida
Utepbergenov Allambergen Omirbayevichning 08.00.05 – «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha «Transport sohasida xizmatlar samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari (O‘zbekiston temir yo‘llari AJ misolida)» mavzusidagi iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.I.04.12 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 23-aprel kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 230112, Nukus shahri, Ch.Abdirov ko‘chasi, 1-uy. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Tel.: (99861) 223-60-78
e-mail: karsu_info@edu.uz