Ustozlari e’zozda bo‘lgan yurt yuksalaveradi
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni hamda maktabning 50 yillik yubileyi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
246-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida hozirgi kunda 3 ming 200 dan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 120 nafardan ortiq pedagog xodim ta’lim-tarbiya bermoqda.


Tadbirda har qanday jamiyatning taraqqiyoti, Vatanimizning ertangi kuni o‘qituvchi va muallimning bugun qilayotgan mehnatiga bog‘liqligi, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ustoz-muallim faoliyati sabr-bardosh va matonat namunasi ekanligi qayd etildi.
Maktabga ilk bor qadam qo‘ygan go‘dakka birinchi harflarni o‘rgatishdan tortib uni el-yurt koriga yaraydigan yetuk inson qilib tarbiyalash, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish oson emasligi, bunga kunlar, oylar, yillar davomidagi fidokorona mehnat tufayligina erishish mumkinligi e’tirof etildi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA