“Ustozlar milliy forumi”da faol o‘qituvchilar taqdirlandi
Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida xalq ta’limi tizimi o‘qituvchilari o‘rtasida 2022-2023 o‘quv yili uchun “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forumda o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, o‘quvchilari Xalqaro va Respublika fan olimpiadalarida oltin, bronza, 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan, o‘qituvchilari Respublika miqyosidagi tadbirlarda yuqori natijalarga erishgan, o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalarga eng ko‘p kirgan maktab direktorlari, ilg‘or ish tajribalari Respublikada ommalashgan ijodkor, tajribali o‘qituvchilar, Respublika “Ustozlar Milliy forumi”da ishtirok etgan trener o‘qituvchilar va metodistlar ishtirok etdi.
[gallery-8532]
Tadbir davomida 20 nafar maktab direktori televizor bilan, shuningdek viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va viloyat kasaba uyushmasi tomonidan 100 nafarga yaqin ishtirokchi “Faxriy yorliqlar” va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, taqdirlangan direktorlar orasidan 20 ta maktabning o‘quvchilari xalqaro va respublika olimpiadalarida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
2 kun mobaynida viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida 9 ta fan yo‘nalishida sho‘’ba yig‘ilishlari o‘tkazildi.
Forumda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA