Urush va gumanitar yordam kamayishi ortidan 2028-yil qochqinlar soni 4 milliondan oshadi
Dunyo bo‘ylab 4 milliondan ko‘p odam 2027-yil oxiriga kelib, gumanitar dasturlar uchun mablag‘ kamayishi tufayli uyini tashlab ketishga majbur bo‘lishi mumkin, deb yozdi “Reuters” agentligi Daniya Qochqinlar kengashi bosh kotibi Sharlotta Slentega tayanib.
Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab ichki miqyosda ko‘chirilganlar allaqachon 117 milliondan oshgan. Mojarolar soni esa 130 ga yetdi. Bu XXI asr boshidagi ko‘rsatkichdan qariyb ikki barobar ko‘p.
Eng ko‘p ko‘chish urushning to‘rtinchi yilini boshdan kechirayotgan Sudanda kuzatilmoqda. Hozirgacha 13,5 million kishi uyini tashlab chiqqan mazkur mamlakatda keyingi ikki yil yana 670 000 odam ko‘chirilishi xavfi yuqori. Shuningdek, BMT agentliklari mablag‘ yetishmasligi tufayli qo‘shni Chaddagi qochqinlar uchun suv va oziq-ovqat ta’minoti kamayishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
S.Rahimov, O‘zA