Urganch innovatsion universiteti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
FOTOREPORTAJ
Urganch innovatsion universitetida bakalavriat va magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasini muvaffaqiyatli tamomlagani bilan tabriklab, ularning mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
To‘rt yil davomida ta’lim olgan bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, ularning bilim olishi va kasbiy shakllanishida munosib hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar hamda ota-onalar mehnati e’tirof etildi.
[gallery-30595]
Tadbir ishtirokchilari bitiruvchilarga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA