Universitetga akademik keldi (+video)
Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Komil Muqimov ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Komil Muqimov universitet jamoasi bilan ochiq va samimiy suhbat olib bordi. U o‘zining ilmiy faoliyati, O‘zbekiston fanlar akademiyasidagi ishlari, yosh olimlarga bo‘lgan e’tibori hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr bildirdi. Shuningdek, u yoshlarni zamonaviy ilmiy izlanishlarga jalb qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.
[gallery-23342]
Tadbir yakunida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov akademik Komil Muqimovga samimiy minnatdorlik bildirib, universitet va Fanlar akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.
Bu uchrashuv Buxoro davlat universitetining ilmiy va ma’naviy hayotida muhim voqea bo‘ldi hamda uch avlod vakillari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni yanada mustahkamladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/b3v7_nBPqcE" title="Universitetga akademik keldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbiri.