«Umra-2023» yangi mavsumi boshlandi
«Umra-2023» yangi mavsumining o‘zbekistonlik ilk 239 ziyoratchisi kecha «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi orqali Saudiya Arabistoniga yetib borgan.
Vatandoshlarimiz Jidda shahridagi Podshoh Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda Bosh konsulxona xodimlari, ishchi guruh a’zolari va Saudiya hamkor kompaniyasi - «Marmara» vakillari tomonidan kutib olindi.
Ziyoratchilarimiz shu kunning o‘zidayoq avtobuslarda Madina shahriga kuzatildi.
“Umra-2023” bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalar Saudiya mutasaddilari bilan muvofiqlashtirilmoqda.
Ziyoratchilarga O‘zbekiston Umra va Haj komissiyasi tomonidan yuborilgan ishchi guruh a’zolari va malakali shifokorlar hamrohlik qilmoqda.
O‘zA