Umarali Rahmonaliyev faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin
"Lans" klubi Ozarbayjonning "Sabah" jamoasida to‘p surayotgan futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Umarali Rahmonaliyev Fransiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin. "Lans" klubi Ozarbayjonning "Sabah" jamoasida to‘p surayotgan futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
90plus.media xabariga ko‘ra, Liga 1 vakili 22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchini ehtimoliy transfer nomzodlari qatoriga kiritgan. Klub skautlari Rahmonaliyevning o‘yinlarini bir muddatdan buyon kuzatib kelmoqda.
Manba ma’lumotida qayd etilishicha, "Lans" futbolchining harakatlarini ijobiy baholagan va yaqin vaqt ichida "Sabah"ga transfer bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.
Rahmonaliyev ayni paytda O‘zbekiston milliy jamoasi a'zosi ham hisoblanadi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 1,2 mln yevroga baholamoqda.