Ukraina NATOning siyosiy ko‘magiga tayanadi
"RIA Novosti" xabariga qaraganda, Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy “Ukraina NATOning harbiy emas, balki siyosiy madadiga tayanadi” mazmunidagi bayonot bilan chiqqan.
Zalujniy “Ukrinform”ga bergan intervyusida, jumladan, shunday dedi: NATO – bu nafaqat harbiy, balki siyosiy alyans ham. Men harbiy ko‘mak olib, bundan Ukraina hududida foydalanish mumkin emasligini tushunaman. Biz NATOning aynan siyosiy ta’sir ko‘rsatishidan umidvormiz. Qolganiga o‘z kuchimiz bilan erishamiz.
Bosh qo‘mondon so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga siyosiy ko‘mak berish uchun NATO ittifoqchilarida barcha zarur imkoniyat, ta’sir dastagi mavjud.