U-17 Osiyo kubogi: Oʻzbekistonning yarim finaldagi raqibi ma'lum
Sergey Chigodayev boshqaruvidagi hamyurtlarimiz nufuzli musobaqaning final yoʻllanmasi uchun Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasining U-17 Osiyo kubogi yarim finalidagi raqibi aniq boʻldi.
Sergey Chigodayev boshqaruvidagi hamyurtlarimiz nufuzli musobaqaning final yoʻllanmasi uchun Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. “Kun chiqar yurt” vakillari chorak finalda Tojikistonni yirik 5:0 hisobida mag'lub etishdi.
Yarim final uchrashuvi joriy yilning 19-may kuni Jidda shahridagi muhtasham "King Abdullah Sports City" stadionida boʻlib oʻtadi.
Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start olishi rejalashtirilgan.
U-17 Osiyo kubogi. Yarim final
Yaponiya — Oʻzbekiston
19-may | 20:00, “King Abdullah Sports City” (Jidda)