“Turon” maktab teatri g‘oliblari aniqlandi
Navoiy viloyat Bolalar qo‘g‘irchoq teatrida o‘quvchilarda notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, o‘z salohiyatlarini yuzaga chiqarish, ta’lim muassasalaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Turon” maktabi teatri respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tanlovda tuman (shahar) bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 11 ta jamoa ishtirokchilari “Bizning maktab” nomli tanishtiruv va savol-javob hamda “Teatr – ibratxona” shartlarida o‘z iqtidorlarini namoyish etdi.



Yakuniy natijalarga ko‘ra, Navoiy shahrining “Artist” jamoasi 2-o‘rinni, Karmana tumanidan ishtirok etgan “Shukur Burhonov izdoshlari” jamoasi 3-o‘rinni egalladi. 1-o‘rinni esa zarafshonlik o‘quvchilardan tarkib topgan “Chig‘atoy gurungi” jamoasi egalladi va joriy yilning iyun oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichda ishtirok etadigan bo‘ldi.
G‘olib va sovrindor jamoalar, shuningdek, faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.


A.Bo‘riyev, O‘zA