Turkiyada harakat qilayotgan legionerlarimizning narxlari o‘zgardimi?
Hozirda ligada O‘zbekiston Milliy jamoasining 3 nafar a’zosi harakat qiladi.
Transfermarkt portali Turkiya Superligasida harakat qilayotgan futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi.
"Istanbul Bashakshehir" safida ortda qolgan mavsumda 22 ta gol urib, turnir to‘purari bo‘lgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning narxi o‘zgarishsiz qoldi - 7 million yevro.
Istanbulliklarning yana bir a’zosi Abbosbek Fayzullayevning qiymati ham yangilanmadi - 7 million yevro.
"Rizespor" vakili, markaziy himoyachimiz Husniddin Aliqulovning bahosi 300 ming yevroga arzonladi va 1,2 million yevroga tushdi.