Turkiya Qora dengizga birinchi suzuvchi gaz qazib olish platformasini joylashtirdi
Turkiyaning birinchi suzuvchi gaz qazib olish platformasi hisoblangan “Osman Gazi” Filos portidan Qora dengizdagi Sakariya koni uchun jo‘naydi. Ushbu loyiha ishga tushgach, tabiiy gaz qazib olish ikki barobardan ko‘proq – kuniga 9,5 million kubometrdan 20 million kubometrgacha oshishi kutilyapti. 140 kishigacha ekipaj uchun mo‘ljallangan 298,5 metr uzunlikdagi platforma Qora dengizda – Turkiya qirg‘og‘idan taxminan 170 km masofada 20 yil ishlaydi.
Birinchi gaz 2026-yil oxiriga qadar yoqib yuborilishi rejalashtirilgan, tijoriy ishlab chiqarish 2027-yil boshlanishi kutilyapti.
“Osman Gazi” ishlab chiqarilgan gazni kema sahnida qayta ishlaydi va milliy gaz tarmog‘iga uzatadi. Kunlik xom ashyo qiymati hozirgi narxda taxminan 10 million dollarga baholanmoqda.
S.Rahimov, O‘zA