Turkiya ham mundialga yo‘llanma oldi
Futbol bo‘yicha Turkiya terma jamoasi saralash musobaqasining oxirgi bosqichida Kosovo terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alabaga erishib, 2002-yildan buyon ilk bor Jahon chempionati final turnirida ishtirok etadigan bo‘ldi.
11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan mundialda bu gal birinchi marta avvalgilardan ko‘proq – 48 jamoa ishtirok etadi. Guruh bosqichida Turkiya AQSH, Avstraliya va Paragvay jamoalari bilan to‘qnash keladi.
S.Rahimov, O‘zA