Turkiy tilli davlatlar hamkorligi mustahkamlanmoqda
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amreyev O‘zbekistonga tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Kengash faoliyati doirasida Turkiy kengashga a’zo mamlakatlar uchun manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq, konstruktiv siyosat Turkiy Kengashning boshqa mamlakatlari bilan turli sohalarda, jumladan, axborot texnologiyalari sohasida ham mustahkam va samarali aloqa o‘rnatishga zamin yaratadi.


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi sayti