“Turkish Open”dan sakkizta medal
Turkiyada taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz uchun yilning ilk xalqaro turniri muvaffaqiyatli yakunlandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda Nikita Rafalovich -80 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu vaznda bahs olib borgan Shuhrat Salayev, shuningdek, Shohsanam A’zamova (-46 kg) hamda Madinabonu Mannopova (-49 kg) bronza medali bilan taqdirlanishdi.
E’tiborli jihati, joriy musobaqada finalgacha borgan 3 nafar taekvondochimiz hal qiluvchi janglarni ham muvaffaqiyatli yakunladi. Shu tariqa jamoamiz o‘zi ishtirok etgan yilning ilk musobaqasida 3 ta oltin va 5 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.
“Turkish Open” g‘olib va sovrindorlari:
Oltin – Ulug‘bek Rashitov
Oltin – Nigora Tursunqulova
Oltin – Nikita Rafalovich
Bronza – Charos Qayumova
Bronza – Shohrux Rajabov
Bronza – Madinabonu Mannopova
Bronza – Shohsanam A’zamova
Bronza – Shuhrat Salayev.
O‘zA