Turizm sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 19-21-mart kunlari Rossiya Federatsiyasining poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “MІTT” xalqaro turizm yarmarkasida Navoiy viloyati delegatsiyasi hamda viloyatning yetakchi turistik firma vakillari va tadbirkorlik subyektlari faol ishtirok etishdi.
Navoiy viloyati turizm boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tashrif doirasida Rossiya Federatsiyasi Nijegorod viloyati va Navoiy viloyati o‘rtasida turizm sanoati va hunarmandchilik sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish maqsadida kelishuvlar va memorandum imzolandi.


Shuningdek, “SABAY TRAVEL” sayyohlik kompaniyasi vakillari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik qilish, Tojikiston Respublikasining OOO “Sayri Bo'ston” sayyohlik agentligi bilan hamkorlik shartnomalari, Xitoy Xalq Respublikasining Futszyan provinsiyasi bilan hamkorlik bitimi imzolandi. “Fortune exhibitions” kompaniyasi va Istanbul Madaniyat va turizm vazirligi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi.



A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri