Tungi vaqtdagi ishning davomiyligi va unga haq to‘lash tartibi qanday?
Huquqiy munosabat
Tungi vaqtdagi mehnat faoliyati xodimlarning sog‘lig‘i va kundalik hayotiga qo‘shimcha mas’uliyat yuklashi sababli, qonunchiligimizda ularning huquqlarini himoya qilish va mehnatiga adolatli haq to‘lashni ta’minlash maqsadida bir qator alohida kafolatlar va cheklovlar belgilangan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, tungi vaqtdagi mehnat faoliyati bo‘yicha asosiy qoidalarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, tungi vaqtning chegarasi va davomiyligi soat 22:00 dan ertalabki 06:00 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi.
Toshkent davlat Yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev bu borada quyidagilarni ma’lum qildi:
– Tungi vaqtdagi ish davomiyligi har kun belgilangan ish davomiyligining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, ish haftasining davomiyligi bir soatga qisqartiriladi. Jamoa shartnomasida boshqacha qoidalar mavjud bo‘lmasa, ish davomiyligi qisqartirilmaydi.
Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish muddati 1 soatga qisqartiriladi. Ish haftasining davomiyligi esa qisqartirilmaydi.
Tungi mehnat uchun haq to‘lash bu vaqtbay tizimda: har bir soat uchun 1,5 yoki undan ortiq koeffitsiyent. Ishbay tizimda: soatlik tarif stavkasining ellik foizi yoki undan ortiq miqdorida. Qo‘shimcha to‘lovlar: tungi vaqtdagi ish uchun qo‘shimcha to‘lovlar jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatlarda belgilanadi.
Sog‘lig‘iga salbiy ta’siri yuqori bo‘lgani sababli, quyidagi toifalarni tungi ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanadi yoki cheklanadi:
Jumladan, homilador ayollar (ularning roziligi bo‘lsa ham tungi ishga qo‘yish mumkin emas), 18 yoshga to‘lmagan shaxslar, tez tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalari va tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TMEK) xulosasiga ko‘ra sog‘lig‘i to‘g‘ri kelmaydigan xodimlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar, agar bunday ish ularning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga zid bo‘lsa tungi ishga jalb qilish taqiqlanadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA