“TRT TURKIYA” telekanali Xorazm sanʼatini tarğib qiladi
Xorazmda Turkiyaning yetakçi teleradiokompaniyalaridan biri bölgan “TRT TURKIYA” telekanali ijodiy guruhi tomonidan beş kun davomida "Bir Adım, Bin Avaz" körsatuvining navbatdagi soni qadimiy Xiva şahrida tasvirga olindi.
"Bir Adım, Bin Avaz" körsatuvi turk dunyosi va turli xalqlarning madaniyati, anʼanalari, musiqasi, raqsi va tarixiy merosini örganuvçi maşhur hujjatli teledastur bölib, körsatuvni nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda sevib tomoşa qilişadi.

Uşbu körsatuvning navbatdagi soni Xorazmning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari, betakror sanʼati va anʼanalarini xalqaro miqyosda keng tarğib qilişga qaratilgan.

Tasvirga oliş jarayonlari davomida “Içan qalʼa” davlat muzey-qöriqxonasida Xorazmning dunyoga maşhur "Lazgi" raqsi, milliy raqs sanʼati, anʼanaviy musiqa va milliy çolğu asboblari namoyiş etildi.

Şuningdek, Xorazm sanʼati va madaniyati rivojiga munosib hissa qöşgan, uşbu sohada boy bilim va tajribaga ega faxriy ijodkorlar bilan maxsus intervyular taşkil etildi.

– Söngi paytlarda turli davlatlardan ijodkorlar, olimlar kelib, sanʼatimiz va uning tarixi bilan qiziqayotgani meni juda xursand qiladi, – deydi Özbekiston xalq artisti, Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Sanʼat nazariyasi va tarixi kafedrasi professori, Yevrosiyo Raqs akademiyasining faxriy akademigi Gavhar Matyoqubova. – Turkiyalik ijodkorlar bilan “Lazgi va Avesto" muzeyida suhbatlaşdik. Ularga Xorazm vohasining boy nomoddiy madaniy merosi, uning tarixiy-madaniy ildizlari, şakllaniş va rivojlaniş jarayonlari, anʼanaviy ijroçilik sanʼati, xalq raqsi, musiqa merosi, hunarmandçilik hamda maʼnaviy-madaniy anʼanalari haqida gapirib berdim. Xususan, Lazgi sanʼatining milliy madaniyatdagi örni, Xorazm anʼanaviy musiqa merosi hamda xalq raqs sanʼatining tarixiy va zamonaviy talqinlari yuzasidan ham öz fikrlarimizni bildirdik.

Turkiy xalqlar madaniyati, etnografiya va kinematografiya sohasidagi mutaxassislardan iborat professional ijodiy guruh vakillariga Xorazm viloyatining boy turizm salohiyatini keng namoyiş etiş maqsadida maxsus media tur ham taşkil etildi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri