Trampga sud muddatini o‘zgartirish imkoni berilmadi
Apellyatsiya sudi AQSH sobiq Prezidenti Donald Trampning firibgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik ishini keyinga, uzoq muddatga ko‘chirish murojaatiga rad javobini berdi. Bu haqda "Associated Press" agentligi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Nyu-York shtati sudyasi Artur Engoron ishni 2 oktyabrda ko‘ra boshlaydi.
Prokuratura Tramp va uning "Trump Organization" kompaniyasi ustidan firibgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik ishi bo‘yicha 2022 yil sentyabrda sudga murojaat qilgan.
Shtat prokurori Letitsiya Jeyms fikriga ko‘ra, kompaniya imtiyozli shart asosida kredit va sug‘urta olish uchun aktivlari qiymatini oshirib taqdim etgan.
Sud ishi dekabrgacha cho‘zilishi taxmin qilinmoqda.
Fuqarolik ishi Trampga qamoq jazosi belgilash, siyosiy faoliyatni taqiqlashni ko‘zda tutmaydi.