Tramp tinchlik muzokarasida Erondan tovon puli talab qilmoqchi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan bo‘lib o‘tadigan har qanday tinchlik muzokarasi sharti sifatida Tehrondan badal talab qilishini bildirdi. Qaror Eron tomonidan so‘nggi o‘n yilliklar davomida uyushtirilgan va qo‘llab-quvvatlangan hujumlar bilan izohlangan. Bu haqda "Reuters" axborot agentligi xabar berdi.
Tramp ijtimoiy tarmoq sahifasida Tehron oxirgi besh oydagi harbiy harakat tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini so‘rayotgani, biroq Vashington ham o‘z navbatida so‘nggi 50 yil ichida turli to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan va jarohat olgan insonlar uchun to‘lov talab qilishini ta’kidladi.
Eron mas’ul deya baholangan hujumlar qatorida 2000-yil sodir etilgan “USS Cole” harbiy kemasi portlatilishi alohida eslatib o‘tilgan. Oq uy rahbari ushbu talabni kelgusidagi barcha muzokaralar kun tartibiga qat’iy kiritish bo‘yicha o‘z vakillariga tegishli topshiriq berganini qo‘shimcha qildi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA