Tramp: nihoyasiz urushga xotima yasash kerak
AQSH nihoyat oʻz qoʻshinlarini Suriyadan chiqarishga kirishdi va ayni paytda bu yerda terrorchilar bilan kurashni davom ettirmoqda
AQSH nihoyat oʻz qoʻshinlarini Suriyadan chiqarishga kirishdi va ayni paytda bu yerda terrorchilar bilan kurashni davom ettirmoqda. Bu haqda Prezident Tramp oʻzining Twitterdagi sahifasida maʼlum qildi.
U qoʻshin allaqachon olib chiqilishi kerakligini taʼkidlagan. Lekin hozirda AQSH qoʻshinlari terrorchilarning istehkomlariga zarbalar berishda davom etmoqda. Tramp bu urushda hammadan koʻproq Rossiya, Eron va Suriya yutganini alohida taʼkidlagan. “Nihoyasiz urushga xotima yasash kerak”, deydi u.